"O`zgidromet" markazning ma`lum qilishicha, yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi.
Kechalari sovuq 5-10 darajagacha, shimolda va cho`l hududlarida 12-17 darajagacha ko`tariladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0-5 daraja sovuqdan oshmaydi. Hafta davomida havo harorati o`rtacha yillik qiymatlardan 8-10 darajaga past bo`ladi.
Respublikaning ba`zi joylarida tuman kuzatiladi.
Ushbu davrda tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor.






