Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq mobil qurilmalarni ro`yxatdan o`tkazish jarayoniga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilgani to`g`risida ma`lumot taqdim etildi.
Ushbu qaror mobil qurilmalarni ro`yxatga olish tizimi ishga tushirilganidan so`ng fuqaro va tadbirkorlardan kelib tushgan murojaat va takliflardan kelib chiqqan holda iste`molchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish, telekommunikasiya bozorida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish hamda tizimni takomillashtirish va qulayliklar yaratish maqsadida ishlab chiqildi.
Ushbu qarorga asosan mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019 yil 1 noyabrgacha avtomatik ro`yxatdan o`tgan va bazaga kiritilgan bo`lsa, uning boshqa slotidagi IMEI-kodi qurilma egasi tomonidan quyidagi harakatlar bajarilganidan so`ng tizim operatori tomonidan 3 ish soati mobaynida bepul amalga oshiriladi:
● qurilma egasining tizim operatori yoki tizim ro`yxatga oluvchisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi;
●MEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#06# kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);
●Nizomga muvofiq anketa taqdim etish.
Ma`lumot uchun:
Tizimni joriy etishning birinchi bosqichida, ya`ni 2019 yil 1 apreldan 1 noyabrga qadar 36,2 mln. IMEI kodlar tizimda avtomatik tarzda bepul asosda ro`yxatdan o`tkazildi.
Ikkinchi bosqichda (1 noyabrdan 1 dekabrgacha) esa 2,8 mln IMEI kodlar tizim operatoriga murojaat qilish orqali bepul asosda ro`yxatdan o`tkazildi.
2019 yil 1 dekabrdan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro`yxatdan o`tkazish pullik asosda amalga oshirilib kelinmoqda.
Agar 2019 yil 1 noyabrdan keyin arizaga asosan ro`yxatga olingan bo`lsa, jarayon 3 soat ish vaqtida to`lov asosida amalga oshiriladi.






