Navoiy viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, 1968 yilda Navbahor tumanida tug`ilgan Mirzamo`min MFYda yashovchi Bobur Shokirov (ismi o`zgartirilgan) tomonidan sodir etilayotgan korrupsion harakat fosh qilindi. Aniqlanishicha, Bobur Shokirov 1978 yilda Navbahor tumanida tug`ilgan Yangiyo`l MFYda yashovchi R.Dning qizini Navoiy shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining “umumiy hamshiralik” yo`nalishiga tanishlari orqali 700 AQSh dollariga o`qishga kiritib qo`yishini aytib, fuqaroni pora berishga undagan.
Joriy yilning 25 noyabr kuni aytilgan mablag`ni Navoiy shahrida joylashgan “Gul bozor”i qarshisidagi avtobekatda olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Jinoyatchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Darakchi”ning Navoiy viloyatidagi muxbiri Shiringul Asoeva tayyorladi






