1

Jizzaxda ayol nojo`ya taklif bildirgan erkakni pichoqladi

Jinoyat 05.01.2021, 09:20
Jizzaxda ayol nojo`ya taklif bildirgan erkakni pichoqladi

Jizzax viloyati G`allaorol tumani Lalmikor mahallasida yashovchi K.M. uchun Yangi yil omadli boshlanmadi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

U tungi soat 23.30.lar atrofida tumanning Marjonbuloq shaharcha fuqarolar yig`inida yashovchi M.T.ga nojo`ya taklif bilan murojaat qilgan.

Bundan jahli chiqqan ayol “Menga tegajoqlik qilma”, degancha qo`lidagi oshxona pichog`i bilan erkakning qorniga pichoq urgan. Oqibatda pichoq sanchilish jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizildi. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.       

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1