AsosiyJamiyat

Namanganda "Neksiya" va “Kobalt” ishtirokidagi YTHda haydovchilardan biri halok bo`ldi

'Namanganda "Neksiya" va “Kobalt” ishtirokidagi YTHda haydovchilardan biri halok bo`ldi'ning rasmi

Shu yil 3 yanvar kuni soat 11:30 larda Namangan-Andijon yo`lining 2 km.da Namangan tumani Eshobod MFY hududida Neksiya rusumli avtomashinani Namangan shahar yo`nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, o`zining yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Kobalt rusumli avtomashina bilan to`qnashgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Natijada, Kobalt haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Kobalt rusumli avtomashinada bo`lgan 3 nafar yo`lovchi (haydovchining oila a`zolari) bosh miya yopiq shikasti, bosh miyani og`ir darajada lat eyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Neksiya rusumli avtomashina haydovchisi ham tos suyagining sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan deya xabar qiladi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar