Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB xodimi G`.Fayzievga "Tanbeh" intizomiy jazosi e`lon qilingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
2020 yilning 3 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Qashqadaryoda bodikamerasiz GAI xodimi" sarlavhasi ostida video lavha tarqalgan edi. Mazkur holat bo`yicha Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazildi.
Ma`lum bo`lishicha, Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB xodimi G`.Fayziev xizmat faoliyati davomida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida"gi Nizom talablarini buzgan.






