Avvalroq, "Turkiyada 28 yoshli o`zbekistonlik qiz o`zini 10-qavatdan tashlab, halok bo`ldi" sarlavhasi ostida tarqalgan video ma`lumot joylangan edi.
TIV Konsullik-huquqiy departamentining xabariga ko`ra, mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 2002 yil 21 mayda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi M.B.ning 2021 yil 2 yanvar kuni Izmir muzofoti (Turkiya Respublikasi) Karshiyaka tumanidagi turar-joy binosining 10- qavatidan qulashi oqibatida vafot etganligi haqida OAVda tarqatilgan ma`lumotni tasdiqlagan.
Unga ko`ra, Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar O`zbekiston fuqarosining o`limi bo`yicha tergov jarayonini boshladi.
Bundan tashqari, Bosh konsulxona ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 1 yanvar kuni Istanbul shahrida 1974 yil 11 iyunda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi Sh.R yurak etishmovchiligidan vafot etgan.
Bosh konsulxona yuqoridagi holatlarni nazoratga olib, Turkiyaning vakolatli idoralari bilan aloqada bo`lib turibdi. Vafot etganlarning jasadlarini O`zbekistonga dafn etish uchun yuborishni tashkil qilishda marhumlarning yaqinlariga konsullik va huquqiy yordam ko`rsatilgan.






