AsosiyJamiyat

Farg`onada fuqarolarning o`n million so`mdan ortiq aviachipta pullari undirib berildi

'Farg`onada fuqarolarning o`n million so`mdan ortiq aviachipta pullari undirib berildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Bag`dod tumanida yashovchi fuqarolar S.Egamberdiev, J.Aminjonov, J.Rahimov, A.Jo`raev, Q.Omonov, U.Usmonovlar O`zbekistonda karantin e`lon qilinishidan avval Rossiya Federasiyasiga uchib ketish uchun har biri 1730000 (bir million etti yuz o`ttiz ming) so`mdan, Umidjon Usmonov esa 2180000 (ikki million bir yuzi sakson ming) so`mga avichipta sotib olishgan. Biroq, karantin sabab aviaqatnovlar bekor qilingan. Oradan shuncha vaqt o`tishiga qaramay iste`molchilar chipta pullarini qaytarib ololmagan.

Fuqaro Umidjon Usmonov O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining “1091” ishonch telefoni orqali mazkur holat bo`yicha murojaat qiladi. 

Mazkur murojaat Farg`ona viloyati Bag`dod tuman jamiyati mutaxassislari o`rganilib, iste`molchilarga jami 10830000 (o`n million sakkiz yuzi o`ttiz ming) so`m pullari qaytarildi.

    Boshqa yangiliklar