AsosiyDunyo

Italiyadagi maktablarda musulmon bayramlari nishonlanishi mumkin

Italiyaning Milan shahri arxiepiskopi maktablarda islom diniga oid bayramlarini nishonlashni taklif qildi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.

Uning so`zlariga ko`ra, hozirda o`rta- umumta`lim muassasalaridagi 20 foiz o`quvchilar chet elliklar hisoblanadi.  Demak, siyosatga inklyuzivlik kiritishning ayni fursati.  Bu esa Italiya jamiyatiga o`z urf-odatlaridan voz kechmagan holda boshqa diniy marosimlarni ham kiritishni o`z ichiga oladi.  Arxiepiskop maktablarda musulmon bayramlari haqida so`zlab berishni taklif qilgan. Ularni nishonlash esa maktablarda islom diniga e`tiqod qiluvchi o`quvchilar 30 foizga etganida boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar