Toshkent shahar hokimligining ma`lum qilishicha, yo`l ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli Ahmad Donish ko`chasining bir qismi avtotransport vositalarining qatnovi uchun yopiladi:
1) 7 - 14 yanvar kunlari – Amir Temur shoh ko`chasi ustidan o`tgan ko`prikning 7-son (oldingi 17-son) Shahar klinik shifoxonasidan Yunusobod metrosi (mo`ljal: Universam)gacha bo`lgan oraliqda(ikki tomonlama yo`lning bir tomoni);
2) 14-21 yanvar kunlari – Amir Temur shoh ko`chasi ustidan o`tgan ko`prikning Yunusobod metrosidan(mo`ljal: Universam) 7-son (oldingi 17-son) Shahar klinik shifoxonasi yo`nalishidagi qismi(ikki tomonlama yo`lning ikkinchi tomoni).
Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo`llar orqali harakatlanishni tavsiya etilmoqda.






