AsosiyJamiyat

MIB Mo`ynoqda tadbirkorning 320 mln. so`mga yaqin qarzini undirib berdi

'MIB Mo`ynoqda tadbirkorning 320 mln. so`mga yaqin qarzini undirib berdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Mo`ynoq tuman bo`limi ish yurituvida Qo`ng`irot tumanlararo iqtisodiy sudining 16.11.2020 yilgi ijro hujjatiga asosan,  qarzdor “TRANSYOL QURILISH MAGISTRAL” MChJ dan undiruvchi “Tejamkor Imkon” MChJ foydasiga 317 mln. 410,5 ming so`m asosiy qarz, 1,4 mln. so`m penya,  pochta harajati va davlat boji undirish to`g`risidagi ijro hujjati joriy yilning 18 noyabr sanasida kelib tushgan va ijro ishi qo`zg`atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, dastlab, ijro ishi yurituvini qo`zg`ash to`g`risida qaror bilan taraflar tanishtirilgan va nusxalari yuborilgan.  

Keyinchalik, qarzdor jamiyatga ijro hujjati talablarini ixtiyoriy bajarish uchun 15 kunlik muddat berilganiga qaramasdan, jamiyat tomonidan bajarilmaganligi sababli,  qarzdorning bankdagi barcha hisob raqamlariga «MIB ijro» dasturiy ta`minoti orqali band solinib, balansida mavjud mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli mutassadi tashkilotlarga so`rovnomalar yuborildi.  

So`rovnomalar bo`yicha olingan javob xatlarida,  qarzdorning balansida “KAMAZ”, “neksiya” va “matiz” markali avtotransport vositalari mavjudligi aniqlandi va qarzdorning manziliga borib tegishli tartibda xatlovga olindi.  Shundan so`ng, ushbu xatlangan avtotransport vositalari onlayn auksion savdosida realizasiya qilish orqali ijro uchun hujjatlari tayyorlanayotgan vaqtida jami 322 mln. 045.1 ming so`m qarzdorlik to`liq to`landi.

    Boshqa yangiliklar