AsosiyJamiyat

O`zbekistonga yangi Airbus A320 Neo samolyoti keltirildi

'O`zbekistonga yangi Airbus A320 Neo samolyoti keltirildi'ning rasmi

2020 yilning 31 dekabr kuni "O`zbekiston havo yo`llari" yangi Airbus A320 Neo samolyotini qabul qilib oldi. Bu haqda Capa Fleet Databace ma`lumotlar ba`zasiga tayanib Spot nashri xabar bermoqda.

 

Samolyot 138 o`rinli ekonom-klass va 12 o`rinli biznes-klass bilan jihozlangan. Shuningdek, bortda zamonaviy multimedia tizimlari va Internet majmuasi mavjud. Airbus A320 Neo yangi LEAP-1A dvigatellari va fyuzelyaj tarkibidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli avvalgilariga qaraganda 20 foiz tejamkor. Laynerlar oralig`i 4,5 ming kilometrdan 6 ming kilometrgacha oshirildi.

 

Ma`lumot uchun, oliba kelingan yangi Airbus A320 Neo "O`zbekiston havo yo`llari"ga qarashli mazkur turdagi uchinchi samolyot. Bundan avval, 2019 yil mart va aprel oylarida A320 Neo samolyoti keltirilgan edi

Boshqa yangiliklar