AsosiyDunyo

Kaliforniyaning minglab aholisi chiroqsiz qoldi

Kaliforniya shtatining janubiy hududida ro`y bergan shamolli po`rtana, kuchli yomg`ir  oqibatida 70 mingdan dan ortiq aholi elektr ta`minotisiz qoldi.
Amerika OAVlari bergan xabarga ko`ra, San-Diego okrugida tabiiy ofat tufayli bir necha kilometr maydonda elektr simlari uzilib, qirq ming kishining zulmatda qolishiga sabab bo`ldi. Qo`shni Los-Anjeles okrugida esa o`ttiz ming ist`emolchi chiroqsiz qoldi.
TASSning xabar berishicha, daraxtlar qulashi oqibatida o`nlab binolar vayron bo`lgan. Tabiiy ofat oqibatida San-Diego shahrining bir fuqarosi mashina ustida daraxt qulagani sababli voqea joyida halok bo`lgan.
Mahalliy hukumat suv toshish ehtimoli borligi uchun ba`zi bir plyajlarni yopishga buyruq berdi. Ofat Kaliforniya tog`li hududlarida qor ko`chishiga sabab bo`lganligi bois, polisiya bir necha yo`l trassalarida harakatni to`xtatdi. Sinoptiklarning ma`lumot berishicha, kuchli shamol San-Fransisko va shtatning markaziy qismida kechasi bilan davom etishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar