AsosiyJamiyat

Senatining o`n birinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Unda qanday masalalar ko`riladi?

'Senatining o`n birinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Unda qanday masalalar ko`riladi?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xabariga ko`ra, 2021 yil 6 yanvar kuni Toshkent shahrida  Senatning o`n birinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o`tkazilayotgan yalpi majlisni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.

Parlament yuqori palatasining o`n birinchi yalpi majlisining kun tartibi senatorlar tomonidan tasdiqlandi. 

Senat a`zolari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar to`g`risidagi, qolaversa, “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlarini hamda boshqa masalalarni muhokama qiladi.

Yalpi majlisda ko`rib chiqiladigan masalalarni Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “Uzreport” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar