AsosiyJamiyat

Toshkentlik haydovchilar “Toshshaharnur" DUK xodimlariga minnatdorchilik bildirdi

Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari  Mirzo Ulug`bek shoh ko`chasida, yo`lning harakatlanish qismida, haydovchilar uchun xavf tug`dirayotgan temir parchalari kesib, olib tashlanishida beminnat yordam ko`rsatgan  “Toshshaharnur" DUK xodimlari Doniyor Mirzaev, Ravshan Mahkamov, Mirzatilla Mirahmedovlarga minnatdorchilik bildirdi.
Shu munosabat bilan “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari "Toshshaharnur" DUK boshlig`i nomiga rasman tashakkurnoma yo`lladi. Kuni kecha esa yo`lni ta`mirlashda beminnat yordamini ayamagan korxona xodimlari sharafiga ziyofat uyushtirildi. O`z navbatida korxona xodimlari bunday e`tiborni va e`tirofni kutmaganliklarini aytib, "Toshshaharnur" DUK nomidan Toshkent xaydovchilariga minnatdorchilik bildirishdi. Ziyofat so`nggida “Voditeli Tashkenta”(Driver's.Uz) guruhi adminstratori Otabek Fatxullaev tomonidan voqea qahramonlariga guruh logotipi aks ettirilgan sovg`alar topshirildi. Endilikda ularni , "Shastri qahramonlari" deb nomlashga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar