O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Madaniyat va sport ishlari vaziri o`rinbosari lavozimiga Mirzorahimov Abbosjon Shodmonovich tayinlandi. Bu haqda vazirlikning axborot xizmati ma`lum qiladi.
Mirzorahimov Abbosjon Shodmonovich vazir o`rinbosari lavozimiga tayinlanishidan avval Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy-ma`rifiy muassasalar, muzeylar, axborot resurs markazlari boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.
U 1997-2001 yillar Termiz davlat universiteti (bakalavr), 2001-2003 yillar O`zbekiston Milliy universiteti (magistr), 2006 yil O`zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (aspirantura), 2011-2012 yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Tarix fanlari nomzodi.
Vazir o`rinbosari Ma`naviy-ma`rifiy muassasalar, muzeylar va axborot-resurs markazlari boshqarmasi, Madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, Badiiy ekspertiza boshqarmasi, "O`zbekmuzey" respublika jamg`armasi, Respublika muzeylari, "Moziydan sado” jurnali tahririyati, Ko`zi ojizlar uchun kutubxonalar ishini muvofiqlashtiradi, ularda ishning samarali tashkil etilishi, mehnat va ijro intizomlariga amal qilinishini nazorat qiladi.