Olmaliq shahar ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir jarayonlari o`tkazildi, deb xabar beradi IIV axborot xizmati.
Tezkor tadbir jarayonida shu shaharda yashovchi 41 yoshli shaxs to`xtatib tekshirilganida, uning qo`lidagi sumkasidan bir kilogramm 949 grammdan ziyodroq «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
01.02.2016 14:09