Mirzo Ulug`bek tuman hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, tumandagi Parkent (35 kV) nimstansiyada yangi o`rnatilgan (10 000 kVa) transformator ishga tushiriladi.
Shu munosabati bilan quyida keltirilgan manzillarda ertaga 7 yanvar kuni soat 23:45dan soat 02:00ga qadar elektr energiya uzatishda qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:
- «To`ron» mahallasi,
- «Olmachi» mahallasi,
- «Oltintepa» mahallasi,
- «Katta Oltintepa» mahallasi,
- «Podshobog`» mahallasi,
- Mirzakalon Ismoiliy mahallasi.






