AsosiyJamiyat

Namanganda Qirg`izistonning “Gradusnik” spirtli ichimligidan zaharlanib vafot etganlar soni 5 kishiga etdi

'Namanganda Qirg`izistonning “Gradusnik” spirtli ichimligidan zaharlanib vafot etganlar soni 5 kishiga etdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 2020 yil 29-31 dekabr kunlari Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg`iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimligini iste`mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o`tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan. Dastlab, shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan edi.

Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining "darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, “Gradusnik” nomli spirtli ichimlikdan zaharlanib, vafot etganlar soni 5 nafarga etdi. 

Mazkur holat yuzasidan  To`raqurg`on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar