AsosiyJinoyat

Namanganda ayol 19 yoshli qiz va uning yigitiga 200 ming so`m evaziga xonadonida "sharoit yaratib berdi"

'Namanganda ayol 19 yoshli qiz va uning yigitiga 200 ming so`m evaziga xonadonida "sharoit yaratib berdi"'ning rasmi

2020 yil 13 dekabr kuni Namangan shahar Davlatobod tumani IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan  “Antiterror-tozalash” tadbiri o`tkazilgan. Bu haqda Namangan viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1969 yila tug`ilgan ayol o`z xonadonida 200 000 so`m evaziga, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 2001 yilda tug`ilgan qiz va Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan fuqarolarni jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar