Toshkent viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari Toshkent shahar, Olmazor tumani xududida tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat Bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida, fuqaro S.J. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.
Natijada, mazkur avtomashinada fuqaro D.B. xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo`lmagan, umumiy kiymati 40 million so`mlik 36 500 dona konvalyutadagi “Valeriana” nomli dori vositalarini shartli xaridorga 3400 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar bo`yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmokda.






