AsosiyJamiyat

Marg`ilonda 2 ta yangi OTM tashkil etiladi

'Marg`ilonda 2 ta yangi OTM tashkil etiladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Farg`ona viloyatiga tashrifi davomida Marg`ilon shahrida xorijiy davlatlar ta`lim muassasalari filiallarini tashkil etish topshirig`i berilgan edi. Mutasaddi idoralarning topshiriq ijrosi yuzasidan olib borgan sa`y-harakatlari natijasi bilan joriy yil Marg`ilonda  2 ta yangi xorijiy universitetlar filiallari tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G`aniev Doniyor Avazovich o`z blogida xabar berdi.

Xususan, viloyat hokimligi tomonidan ajratilgan mablag`lar hisobiga boshlangan shahardagi sobiq akademik lisey binosini ta`mirlash ishlari hozirda 70-80 fizga bajarilgan. Ushbu binoda xorijiy universitet faoliyatini yangi o`quv yilidan boshlash maqsadida Turkiyaning Bursa Uludag` hamda AQShning Webster universitetlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Marg`ilon Turizm va servis kolleji negizida turizm sohasidagi oliy ta`lim muassasasi tashkil etish bo`yicha ham ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, kollej binosini ta`mirlash ishlari  2019 yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli Prezident qarori bilan tasdiqlangan 2021 yil  markazlashgan investisiya dasturiga kiritilibdi hamda unga ko`ra ta`mirlash ishlari uchun 5 mlrd.so`m mablag` ajratilishi belgilangan. Joriy yil I choragida qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda.

Mazkur binoda xorijiy universitet filialini tashkil etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan Turkiyaning “Xoji Bayram Vali” universiteti bilan dastlabki muzokaralar o`tkazilgan hamda har ikki tomon loyihani amalga oshirish bo`yicha o`zaro kelishuvga erishgan. Hozirda Turkiya Oliy ta`lim kengashining xulosasi kutilmoqda. Barcha muzokaralar ijobiy yakunlangan taqdirda bu universitet faoliyati ham 2021-2022 o`quv yilidan yo`lga qo`yilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar