AsosiyJamiyat

Ayni kunlarda kuzatilayotgan ob-havo O`zbekiston uchun g`ayrioddiy hodisa — O`zgidromet

'Ayni kunlarda kuzatilayotgan ob-havo O`zbekiston uchun g`ayrioddiy hodisa — O`zgidromet'ning rasmi

So`nggi kunlarda O`zbekistonda g`ayrioddiy hodisa yuz bermoqda – qor donalari huddi tumandan tushgandek yog`yapti. Bu haqda «O`zgidromet» xabari e`lon qilindi.

Bu hodisa O`zbekistonda nihoyatda kam uchraydi, ko`pincha u qishi barqaror sovuq hududlarda kuzatiladi.

Ushbu hodisaning vujudga kelish sababi shundaki, u sovuq Sibir antisiklonining ta`siridan kelib chiqadi. Odatda, bunday sinoptik vaziyatda yog`ingarchilik kuzatilmaydi.
Shu bilan birga, er yuzasidagi havo qatlamlarining tungi kuchli sovishi tufayli pastki havo qatlamlari yuqori qatlamlardan sovuqroq bo`lganda, haroratni teskari o`zgarishi sodir bo`ladi. Natijada konveksiyani oldini oladigan “blokirovka qiluvchi” qatlam paydo bo`ladi, u konveksiya hodisasiga to`sqinlik qiladi. Bunday holatda, jadal ravishda ishlaydigan qozonlarning quvvatlari orqali havoga ko`p miqdorda tashlanadigan iliq bug`, huddi shu qatlamga “urilib” tushgandek, quyuqlashadi va qor donalari shaklida yog`adi.

Ushbu hodisani o`rgangan ba`zi tadqiqotchilar buni “texnogen qor” deb atashadi. Biroq, bu butunlay to`g`ri emas. Shunga qaramay, bu antropogen omil ta`sirida o`zgartirilgan tabiiy hodisadir.

    Boshqa yangiliklar