AsosiyJamiyat

Bugun kunduzi O`zbekistonda necha daraja sovuq kuzatiladi?

'Bugun kunduzi O`zbekistonda necha daraja sovuq kuzatiladi?'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun, 7 yanvar kuni kunduzi ob-havoning deyarli o`zgarishi kutilmaydi. O`zbekiston bo`yicha bulutli, yog`ingarchiliksiz, sovuq ob-havo saqlanib turadi. Respublikada ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-5° sovuqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo bulutli, ba`zida ochiq bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo`nalishdagi biroz shamol esadi. Havo harorati 3-5° sovuqdan yuqori bo`lmaydi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar