AsosiyJamiyat

«Jartepa» chegara bojxona posti ochildi

'«Jartepa» chegara bojxona posti ochildi'ning rasmi

Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti yana o`z faoliyatini boshladi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, post orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari harakatlanishi belgilangan. Endilikda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub`ektlari mazkur post orqali o`z tovarlarini qo`shni davlatga bemalol eksport qilishlari yoki tovarlar importini amalga oshirishlari mumkin.Bu esa ularga qo`shimcha qulaylik yaratish bilan birgalikda vaqt va xarajatlarini tejash imkonini beradi. Post orqali jismoniy shaxslarning harakatlanishiga ruxsat berilganida bu haqida qo`shimcha xabar beriladi.

    Boshqa yangiliklar