AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1270 nafar odam koronavirusga qarshi emlandi.

'O`zbekistonda 1270 nafar odam koronavirusga qarshi emlandi.'ning rasmi


O`zbekistonga Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan zamonaviy usullar yordamida ishlab chiqilgan vaksina partiyasi olib kelingan bo`lib, u o`zida virus saqlamaydi. Shu sababli COVID-19 infeksiyasini keltirib chiqarish ehtimoli mavjud emas va u dunyodagi eng xavfsiz vaksina turi hisoblanadi.

Sinovda 18 dan 70 yoshgacha bo`lgan avval koronavirusga chalinmagan ko`ngillilar ishtirok etishi mumkin.

Ushbu sinov davomida sizga har 30 kunda 3 doza vaksina yoki nazorat eritma (plasebo) yuboriladi. 1 yil davomida shifokorlar nazoratida bo`lasiz. Sinovga aloqador har qanday nojo`ya ta`sirlar sug`urtalanadi. Sinov jarayonining har bir bosqichi xalqaro standartlar asosida olib borilmoqda deya xabar beradi vaksina.uz sayti.

 

    Boshqa yangiliklar