Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 85 million 091 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 861 mingdan ziyod kishi vafot etgan (06.01.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:20 holatiga ko`ra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 585 557 yangi holati aniqlandi, 11 632 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (07.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 87 million 161 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 882 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 20,643 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,374 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (7,753 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,308 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (2,774 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 173 375, Hindistonda 18 088, Braziliyada 20 006, Rossiyada 24 217, Buyuk Britaniyada esa 60 916 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan deya xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligi






