AsosiyJamiyat

O`zbekistonda chaqaloq savdosiga sabab bo`layotgan omillar ma`lum qilindi

'O`zbekistonda chaqaloq savdosiga sabab bo`layotgan omillar ma`lum qilindi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan “Chaqaloq savdosining og`ir oqibatlari, farzandlikka hamda vasiylik va homiylikka olish tartiblari, sohada muammolar tahlili” mavzuidagi matbuot anjumanida mutaxassislar tomonidan chaqaloq savdosiga sabab bo`layotgan asosiy omillar aytildi.

Ayollar quyidagi sabablarga ko`ra, o`z farzandlarini sotishga majbur bo`lishmoqda:

➖ bolaning onasi ijtimoiy himoyalanmagani va moddiy ehtiyojlari ta`minlanmaganligi;  

➖ turmushga chiqmagan ayollar homilador ekani hamda chaqaloqni oilasidan yashirishga urinishi;  

➖ farzand ko`rmagan oilalar tomonidan chaqaloq asrab olishga ehtiyoj mavjudligi;  

➖chaqaloq savdosining oldini olishga qaratilgan mukammal huquqiy asosning yo`qligi.  

 2017-2020 yillarda o`tkazilgan tezkor tadbirlar doirasida O`zbekistonda chaqaloq savdosi bilan bog`liq 185ta holat aniqlangan. 

    Boshqa yangiliklar