AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Prezident sifatida imzolagan birinchi qonun...

'Shavkat Mirziyoev Prezident sifatida imzolagan birinchi qonun...'ning rasmi

So`nggi to`rt yilda prokuratura organlari faoliyati bilan bog`liq qator yaqin qonun, farmon, qaror va farmoyish qabul qilindi.

Prezidentimiz 2016 yil 19 dekabr kuni prokuratura xodimlari uchun muhim tarixiy sanaga asos solganlar. Aniqrog`i,“8 yanvarni – “O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to`g`risida” deb belgilash haqidagi qonuni imzolaganlar. Ta`kidlash joiz, mazkur hujjat Shavkat Mirziyoev Prezident sifatida imzolagan birinchi qonun.

Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 6 dekabrda qabul qilinib, 13 dekabrda Senat tasdig`idan o`tgan edi. Prokuratura organlari xodimlari kuni 8 yanvarda nishonlanadi. 

1992 yilning xuddi shukuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan «O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari to`g`risida"gi Prezident farmoni qabul qilingan edi.

Bugun, 8 yanvar sanasida O`zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kasb bayramini nishonlashyapti. Soha xodimlarini kasb bayramlari bilan tahririyatimiz jamoasi nomidan tabriklaymiz. Adolat va qonuniylik posboni sifatida xalq manfaati yo`lida xizmat qilishingizda kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

    Boshqa yangiliklar