️2020 yilning 18 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Termiz shahrida GAI xodimi nima uchun haydovchiga yalinmoqda?" sarlavhasi ostida video lavha tarqalgan edi.
O`sha kunning o`zida holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligi haqida xabar berilgan edi.
Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, o`tkazilgan xizmat tekshiruvida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida"gi Nizomi hamda IIVning me`yoriy buyrug`i talablarini buzganligi aniqlangan. Shu sabab Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimi B.Izbasarov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo`yicha xulosa qabul qilingan.






