AsosiyJamiyat

Hududlardagi 24 ta madaniyat ob`ekti Madaniyat vazirligi bilan kelishilmagan holda mahalliy hokimliklar tomonidan sotib yuborilgan - Ozodbek Nazarbekov

'Hududlardagi 24 ta madaniyat ob`ekti Madaniyat vazirligi bilan kelishilmagan holda mahalliy hokimliklar tomonidan sotib yuborilgan - Ozodbek Nazarbekov'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma`lum qildi.

Uning ta`kidlashicha, 2020 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida 8 tadan, Farg`ona viloyatida 13 ta, Toshkent shahrida 3 ta madaniyat ob`ekti Madaniyat vazirligi bilan kelishilmagan holda mahalliy hokimliklar tomonidan balansiga o`tkazilib, sotuvga qo`yilib, sotib yuborilgan.

«Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to`g`risida»gi Qonun boshqa idora va tashkilotlar bilan o`rtamizdagi munosabatlarni aniq belgilab beryapti. Bundan keyin shu kabi muammolarda endi vazirlikning aniq pozisiyasi shakllanadi.

O`tgan yilda eng muhim, biroq amalga oshmay qolgan masalalardan yana biri haqida to`xtalsam. 2020-2021 o`quv yilidan boshlab, notalar to`plami va maxsus musiqiy adabiyotlarni chop etish hamda ularning ta`lim muassasalariga to`liq etkazilishini ta`minlash rejalashtirilgan edi.

Vazirlik tomonidan notalar to`plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar loyihalari tayyorlandi, lekin moliyaviy manbasi aniqlanmagani uchun 2020 yilda bu vazifa bajarilmay qoldi. Kuni kecha Vazirlar Mahkamasida bo`lib o`tgan muhokamalarda Bosh vazir Moliya vazirligiga topshiriq berdi, bu yil ushbu muammolarni ham bosqichma-bosqich hal qilamiz», dedi vazir.

 

    Boshqa yangiliklar