AsosiyJamiyat

Dam olish kunilari sovuq antisiklon O`zbekiston hududidan chiqib ketadi

'Dam olish kunilari sovuq antisiklon O`zbekiston hududidan chiqib ketadi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometerologiya markazining ma`lum qilishicha, dam olish kunilari sovuq antisiklon O`zbekiston hududidan butunlay chiqib ketadi.
Kechalari harorat ko`tarilishi sekinroq bo`ladi, kunduz kunlari esa tezlashadi.

Yakshanba kuni kechalari sovuq 1-6 darajagacha bo`ladi, kunduz kunlari esa quyosh havoni 7-10 daraja iliqqacha isitadi. Nihoyat harorat me`yoriy qiymatlarga yaqinlashadi.

Shu kunlarda havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi, asosan biroz bulutli bo`lishi kutilmoqda. Respublikaning ba`zi joylariga asosan kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Ushbu davrda tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

    Boshqa yangiliklar