AsosiyJinoyat

"Ippodrom" bozori yaqinidan 43 yoshli erkakning jasadi topildi

'"Ippodrom" bozori yaqinidan 43 yoshli erkakning jasadi topildi'ning rasmi

Kecha, 7 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor buyum savdosi kompleksi”ga qarashli “Do`stlik” bozori avtoturargohi yoniidan o`lik holdagi erkakning jasadi topildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, jasadi topilgan erkak Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi, 1977 yilda  tug`ilgan  G`.E. ekani ma`lum bo`lgan. Erkakning o`limiga yurak chap qorincha miokard infarkti, yurak yorilishi, yurak tamponadasi sabab bo`lgani aytilmoqda.  

Hozircha, sodir bo`lgan hodisa bilan bog`liq boshqa tafsilotlar ma`lum emas.

    Boshqa yangiliklar