AsosiyJamiyat

Toshkentda harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

'Toshkentda harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi'ning rasmi

Bugun, 8 yanvar kuni poytaxtimizning Yashnabod tumani “Alimkent” MFY hududida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan ko`p qavatli arzon uy-joylarni o`z egalariga tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda "O'zshahar qurilish invest"ning Axborot xizmati xabar bermoqda.

 Bayramona tadbirda Mudofaa vazirligi, Toshkent harbiy okrugi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Toshkent shahar hokimligi, “O`zshahar qurilish invest” IK, OAV xodimlari va yangi xonadon sohiblari ishtirok etdi.

Ushbu uylar  “O`zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan barpo etilgan bo`lib, zamonaviy loyihalar asosida bu erda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun jami 356 xonadondan iborat 7 ta ko`p qavatli uy-joylar qad rostladi. Ular tantanali ravishda yurt himoyachilariga topshirildi.

Shu o`rinda aytish jozki,  "O`zshahar qurilish invest" IK tomonidan harbiy xizmatchilar uchun Toshkent shaxrida 3 yil davomida jami 2 156 ta xonadondan iborat 63 ta ko`p qavatli uy-joylar bunyod etildi.

    Boshqa yangiliklar