Toshkent halqa avto yo`li “Sarbon” choyxona qarshisida 1200 mm suv quvurida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda "Toshkent shahar suv ta`minoti" MChJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda vaqtincha suv bosimi pasayishi kuzatilishi mumkin:
Yunusobod tumanida:
- Sharq haqiqati mahallasi;
- Hasanboy mahallasi;
- Katta Hasanboy mahallasi;
- Tiklanish mahallasi;
- 9-10 qozonxonalar;
Olmazor tumanida:
- Ahil;
- Moyarik;
- Gulzor;
- Moyqo`rg`on;
- Beshqo`rg`on;
Nosozlik bartaraf etilishi bilan suv bosimi qayta tiklanadi, deyiladi xabarda.






