"Smart medical pharm” hamda “BILLUR MEDICAL TRADE” MChJ “Etilovy spirt 70%” hamda “Menovazin” mahsulotlarini noqonuniy yo`llar bilan ishlab chiqarayotgani ma`lum bo`ldi.
Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi xabariga ko`ra, “Smart medical pharm” hamda “BILLUR MEDICAL TRADE” MChJlar dori vositalarini ishlab chiqarish huquqiga ega bo`lgan lisenziatlar reestrida mavjud emasligi hamda ushbu korxonalar tomonidan “Etilovy spirt 70%” hamda “Menovazin” mahsulotlari noqonuniy yo`llar bilan ishlab chiqarilganini e`lon qildi.
Ushbu korxonalarning noqonuniy faoliyati yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga murojaatnoma yuborilgan.






