AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bugundan boshlab havo harorati ko`tarila boshlaydi — O`zgidromet

'O`zbekistonda bugundan boshlab havo harorati ko`tarila boshlaydi — O`zgidromet'ning rasmi

O`zbekistonda bugundan boshlab havo harorati biroz ko`tarilishni boshlaydi. Bu haqda O`zgidromet xabar qildi.

Sinoptiklarning ma`lumotiga ko`ra, bugun, 9 yanvar kuni mamlakatimiz bo`ylab o`rtacha harorat +2... +4 daraja, tunda esa -6... -8 daraja bo`lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 3-8 m/s.ga etadi.

Yog`ingarchilik kutilmayapti. Respublikaning tog`li hududlariga tuman tushishi mumkin. Mamlakatimizning shimoliy hududlarida tunda havo harorati -16 darajagacha tushib ketadi.

    Boshqa yangiliklar