1

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» bosh direktori pora olgani uchun qo`lga olindi

Jinoyat 09.01.2021, 10:40
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» bosh direktori pora olgani uchun qo`lga olindi

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ bosh direktori Murodboy Bazarimbetov pora olganlikda gumonlanib, qo`lga olindi. Iddao qilinishicha, u tadbirkordan gaz stansiyasini elektr tarmog`iga ulash uchun 20 ming dollar so`ragan. Bu haqda «Gazeta.uz» «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasining matbuot xizmati ma`lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.

Urganch shahar xalq deputatlari kengashi a’zosining aytishi bo‘yicha, Bazarimbetov o‘rtaga ishonchli odamini qo‘yib, yonilg‘i quyish shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulab berish uchun tadbirkordan 20 ming dollar so‘raganlikda gumonlanmoqda. Keyinchalik bu qiymat 15 mingga tushirilgan.

Shundan so‘ng, tadbirkor deputatga shikoyat qilgan, u esa huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Tadbirkor maxsus tadbirda hamkorlik qilishga rozilik bergan. 24 dekabr kuni Murotboy Bazarimbetov o‘rtadagi ishonchli shaxs pulni kabinetiga kiritib berganidan so‘ng, ushlangan.

Deputat ta’kidlashicha, tezkor tadbirda o‘rtadagi shaxs va rahbarning muloqoti yozib olingan. Audioyozuvlarda rahbarning: «Pulning hammasini berdimi? Hammasini oldingmi? Mana bu tumbochkaga qo‘y», — degan so‘zlari ham bor.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda, Murotboy Bazarimbetov esa hibsda saqlanmoqda, deya qo‘shimcha qilgan deputat.

Muratbay Bazarimbetov «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari»ni 2019 yildan beri boshqarib kelayotgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1