«O`zbekiston pochtasi» AJ aksiyadorlarining 2016 yil 29 yanvarda o`tkazilgan umumiy majlisi qaroriga ko`ra, Shuxrat Atamuxamedov «O`zbekiston pochtasi» AJ bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avval mana shu lavozimda faoliyat yuritgan Rustam Qosimov 2015 yil 2 noyabrda o`z vazifasidan ozod etilgan edi. Shuhrat Atamuhammedov bunga qadar Davlat aloqa inspeksiyasi rahbari,aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o`rinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot kommunikasion texnologiyalarini rivojlantirish ishlari bo`yicha bo`lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.