Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB xizmat avtomobili yo`l-transport hodisasiga uchragani haqidagi xabar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB axborot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi.
2021 yil 8 yanvar kuni taxminan soat 23.30 larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori kichik serjant Ortiqboy Isakulov boshqaruvidagi, davlat raqami 01 661 VSC bo`lgan xizmat mashinasi transport vositasini Yashnobod tumani Pahlavon Mahmud ko`chasida avtotransport hodisasi ro`y bergan. Bunga sabab harakatlanish vaqtida avtomobil balloniga mix kirib qolgan. Natijada haydovchi transport vositasining boshqaruvini yo`qotib, yo`l chetidagi daraxtga urilgan. Yo`l-transport hodisasi natijasida jabrlanganlar yo`q.






