1

Toshkentda 4 milliard so`m kredit ajratish uchun tadbirkordan 15 ming dollar talab qilgan bank raisi qo`lga olindi

Jinoyat 09.01.2021, 20:22
Toshkentda 4 milliard so`m kredit ajratish uchun tadbirkordan 15 ming dollar talab qilgan bank raisi qo`lga olindi

Tadbirkordan 15 ming dollar talab qilgan xususiy bank raisi qo`lga olindi. Bu haqda "O`zbekiston  24" telekanalida xabar berildi. 

Ma`lum qilinishicha, Respublikada faoliyat yuritayotgan xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining boshqaruv raisi Toshkentdagi tadbirkorlardan biriga 4 mlrd co`m miqdorida kredit ajratib berish uchun pora sifatida 15 ming AQSh dollari talab qilgan.

DXX va Departament xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda  bank rahbari so`ralgan puldan 103 mln. so`mni o`z tanishiga tegishli MChJning hisob raqamiga o`tkazish orqali qo`lga kiritganligi aniqlangan, deyiladi tezkor tasvirlar tushirilgan videolavhada.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1