7 yanvar kuni oq rangli “Neksiya-2” rusumli avtomobil olib qochildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Ma`lum qilinishicha, Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari avtomobilni shikastsiz va soz holatda topishgan. Biroq avtomobilni olib qochishda gumon qilinuvchi shaxs yashirindi. Mazkur avtombolni olib qochgan shaxs avtomobil turgan joydagi kuzatuv kameralarida muxrlangan va uning shaxsi aniqlandi.
Gumonlanuvchi Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida ro`yxatda turuvchi Xoliyarov Sherzod Erkinovichni qidiruvida ko`mak berish so`ralmoqda.
Egnidagi kiyimi: qizil rangli kurtka, to`q kulrang shim, qora tufli.
"Qidiruvda yordam berishi mumkin bo`lgan ma`lumotlarni +998-98-812-30-00 yoki 102 raqami orqali berishingizni so`raymiz", deyiladi xabarda.






