O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva Amerika Qo`shma Shtatlari Davlat kotibining yordamchisi, Davlat departamentining Xotin-qizlar global masalalari bo`yicha idorasi rahbari, maxsus topshiriqlar bo`yicha elchisi Kelli Kyurri bilan uchrashdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, suhbat davomida O`zbekistonda xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida ularning rolini oshirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar to`g`risida so`z yuritilgan.
Kelli Kyurri xotin-qizlar huquqlari va manfaatlari himoyasini ta`minlash masalalarida O`zbekiston-Amerika munosabatlarini rivojlantirgani uchun Oliy Majlis Senatiga o`z minnatdorligini bildirgan. Bundan tashqari, u “Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbar ayollari muloqot” norasmiy platforma yaratilgani bilan qutlagan va Afg`onistonning ushbu formatga jalb etilganini mamnuniyat bilan tilga olgan.
“Nafaqat erkaklar, balki, asosan, aholining zaif qatlamlarini tashkil etuvchi ayollar ham jabr ko`rgan majburiy mehnatni yo`q qilishda O`zbekiston hukumati erishgan ulkan yutuqlar alohida e`tiborga loyiq” – AQSh Davlat kotibi yordamchisi.






