AsosiyJamiyat

"Markaziy Osiyo investisiyaviy sherikligi" tashabbusi yo`lga qo`yildi

'"Markaziy Osiyo investisiyaviy sherikligi" tashabbusi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

2021 yilning 9 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzaqov AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporasiyasining (DFC) ijrochi direktori Adam Boler bilan uchrashdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar bermoqda.

Uchrashuvdan ko`zlangan maqsad A.Bolerning 2020 yilning iyulida Toshkent shahriga amalga oshirgan tashrifi chog`ida O`zbekiston tomonidan ilgari surilgan "Markaziy Osiyo investisiyaviy sherikligi" tashabbusini yo`lga qo`yish.

1 milliard dollardan kam bo`lmagan hajmda mablag`lar jalb etilishini ko`zda tutuvchi ushbu tashabbus O`zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlaridagi loyihalarni amalga oshirish hisobiga inklyuziv, oshkora va barqaror investisiyalar o`sishini rag`batlantirish uchun vosita bo`ladi.

Loyiha doirasida energetika, infratuzilma ob`ektlari, farmasevtika va kimyo sanoati, shuningdek, qishloq xo`jaligi sohalaridagi aniq loyihalarni moliyalashtirish masalalari to`g`risida kelishildi.

Shuningdek, «Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo`li qurilishi bo`yicha mintaqaviy loyihani birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xorijiy tomon loyihaning Janubiy va Markaziy Osiyo o`rtasidagi transport-kommunikasiya aloqalarini mustahkamlash va mintaqa davlatlarining barqaror rivojlanishidagi ahamiyatiga yuqori baho berdi.

Boshqa yangiliklar