Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev viloyatning chekka hududlarida yashovchi aholining holidan xabar olish maqsadida Xovos tumanida bo`ldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, viloyat rahbari Xovos tumani “Binokor” mahallasi, Binokor ko`chasida istiqomat qilayotgan Abduvaliev Ermuhammad ota xonadoniga tashrif buyurgan.
G`ofurjon Mirzaev ushbu xonadonda mahalla faollari, oqsoqollar, keksa nuroniylar bilan suhbati chog`ida mahalladagi mavjud muammolar xususida suhbatlashgan.
Uni qarangki, tashrif davomida ayrim ko`chalarda elektr-energiya ta`minoti uzilganligi ma`lum bo`ldi.
Bundan tashqari, qishloq fuqarolari birinchi navbatda ichki yo`llar, suyultirilgan gaz va elektr ta`minoti, tungi yoritish chiroqlarni o`rnatish, mahalladagi qabristonni obod qilish masalalarini hal qilib berishni so`radi.






