Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani bo`limi tumandagi tumandagi ohak ishlab chiqarish sexida tabiiy gaz tarmog`iga noqonuniy ulanish holati fosh etilganini xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. tumandagi “Totuvlik” va “Qo`zichoqli” mahallalarida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexlarida tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida “Hududgaz Surxondaryo” filiali manfaatlariga 59,9 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.