1

Jizzaxda o`g`ri konteynerni o`marib ketishni ham uddaladi

Jinoyat 10.01.2021, 15:14
Jizzaxda o`g`ri konteynerni o`marib ketishni ham uddaladi

Jizzax shahrining Zilol mahallasi hududida turgan konteyner o`g`irlab ketilgan.  Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida o`g`irlik qilgan fuqaro qo`lga olingan.

Qiymati 84 million 889 ming so`mlik konteynerni Sharof Rashidov tumanida yashovchi E.Z. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi. U o`g`irlangan konteynerni shu tumaning Toqchilik qishloq fuqarolar yig`inida joylashgan qurilishi tugallanmagan turar-joyiga yashirib qo`ygan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1