AsosiyJamiyat

Inson o`rtacha umri davomida yurak qon tomirlar orqali 200 vagon qon haydaydi

'Inson o`rtacha umri davomida yurak qon tomirlar orqali 200 vagon qon haydaydi'ning rasmi

SSV tomonidan taqdim etilgan yurak haqida qiziqarli faktlar bilan tanishing. 

  • Inson yuragi sirlarga to`la. Yoshi kattalarda u o`rtacha 300 gramm bo`lsa, chaqaloqlarda taxminan 22 gramm og`irlikka ega. Ya`ni tana vaznining 0,8 foizini tashkil qiladi;

 

  • Yurak hajmini tushuntirish uchun oddiy va azaliy usul qo`llaniladi – mushtingizni tuging, yuragingiz hajmini bilib olasiz. Endi o`sha mushtingiz orasiga tennis koptokchasini olib bor kuchingiz bilan siqing va yurak qanday kuch bilan ishlashini anglaysiz;

 

  • Kattalarda minutiga yurak urishlar soni 60-85 ta bo`lsa, chaqaloqlarda bu ko`rsatkich 150 tagacha etadi;

 

  • Ayollar yuragi erkaklarnikiga nisbatan tezroq uradi;

 

  • Inson o`rtacha umri davomida yurak qon tomirlar orqali taxminan 1,5 mln barrel qon haydaydi. Oddiyroq tushunish uchun bu 200 sisterna(vagon)ga teng;

 

  • Yurakni quvvatlantirish, sog`lom saqlash uchun yaxshi kayfiyat zarurligi allaqachon o`z isbotini topgan. Masalan – kulgi tomirlar tarangligini pasaytiradi, bu esa qon aylanishini yaxshilaydi.

 

 

    Boshqa yangiliklar