Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi yangi qurilayotgan ko`p qavatli binolardan biri qulab tushgani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi taqdim etgan dastlabki voqea tafsilotlariga ko`ra, jabrlanganlar va halok bo`lganlar yo`qligiga qaramasdan, qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotganligi ma`lum qilingan edi.
FVV qo`shimcha bergan ma`lumotiga ko`ra, qo`shni bino hududiga o`rnatilgan videokuzatuv kamerasining yozuvlari o`rganilgan. Unda 6 qavatli bino konstruksiyasining bir qismi qulab tushganda, bino yaqinida yoki ichida hech kim bo`lmaganligi aniqlangan. Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligi ostida hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Qayd etish joizki, ushbu uyning qurilish ishlari 2020 yil mart oyida boshlangan bo`lib, dekabr oyida vaqtinchalik tugatilgan.






