AsosiyJamiyat

Farg`ona shahrida haydovchi urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

'Farg`ona shahrida haydovchi urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Farg`ona shahrida 8 yanvar kuni fuqaro S.N. “Tico” avtomashinasini I.Karimov ko`chasida boshqarib ketayotib, yo`lni qatnov qismini piyoda kesib o`tayotgan M.A. ismli ayolni urib yuboradi. 

Bu haqda xabar bergan Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatiga ko`ra, piyoda  ayol tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar